locale OZ

Klopp oldida to'rt xil tanlov bor, ulardan uchtasi terma jamoalar

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Klopp oldida to'rt xil tanlov bor, ulardan uchtasi terma jamoalar
Photo: gettyimages

Shu kunlarda germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp atrofida turli xil xabarlar aylanib yuribdi.

“Real Madrid” Karlo Anchelottini istefoga chiqarishi haqidagi gap so'zlar tarqala boshlaganda, birdaniga “Liverpul” sobiq bosh murabbiyining ism-sharifi katta nashrlar sarlavhasidan joy ola boshladi. Gap “Real” haqida ketganida, uning ehtimoliy transferini inkor qilib chiqishdi.

Ayni paytda Kloppni oldida “Real”dan tashqari yana uch terma jamoani boshqarish varyanti ham yo'q emas. Gap shundaki, Germaniya, Amerika va Angliya terma jamoalari nemis murabbiyiga qiziqish bildirgan. Agar Yurgen klubda ishlashni xohlamasa, yaqin kelajakda terma jamoada faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting