Kivu: \"Raqib jamoa darvozasi oldida tajovuzkorlik yetishmadi\"
"Inter" ustozi "Monterrey"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Photo: Getty Images
"Inter" klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu jamoaning "Monterrey"ga (1:1) qarshi o‘yindagi harakatlari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Ruminiyalik mutaxassisning "neradzurrilar" boshchiligidagi debyuti klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichining 1-tur o‘yiniga to‘g‘ri keldi.
"Birinchi bo‘limda hisobda ortda qolayotgan bo‘lsak-da, yaxshi o‘ynadik. Biz aqlliroq harakat qilishimiz va tez-tez ofsaydga tushib qolmasligimiz kerak edi.
Ikkinchi bo‘limda tempni pasaytirdik, ammo baribir bir necha vaziyatlar yaratdik – raqib darvozasi oldida tajovuzkorlik yetishmadi," – dedi Kivu DAZN'ga bergan intervyusida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist