Kivu: «Biz bu mavsumdagi barcha yutuqlarimizdan zavqlanmoqchimiz»
«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu Italiya Kubogi finalida «Latsio» ustidan qo‘lga kiritilgan 2:0 hisobidagi g‘alabaga munosabat bildirdi.
Avvalroq milanliklar mamlakat chempionligini ham muddatidan avval qo‘lga kiritgan edi.
«Bu mavsumda “Inter” ikki sovrinni qo‘lga kiritdi va biz bunga munosib edik, chunki juda kuchli mavsum o‘tkazdik. O‘zimiz, erishgan natijalarimiz va so‘nggi yillarda bosib o‘tgan yo‘limiz bilan faxrlanamiz. Shuningdek, doim qo‘llab-quvvatlab kelgan ajoyib muxlislarimiz va klubimiz uchun ham xursandmiz.
Biz bu mavsumdagi barcha yutuqlarimizdan zavqlanmoqchimiz. Chempionat va Italiya Kubogida g‘alaba qozonishni oddiy holat deb bo‘lmaydi. Ikki sovrinni bir mavsumda yutish hech qachon oson emas», — dedi Kivu «Inter» rasmiy saytiga bergan intervyusida.