locale OZ

Kivu: «Bastoni bizga ko’p narsa beradi»

Himoyachining «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar moʻljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kivu: «Bastoni bizga ko’p narsa beradi»
ФОТО: Getty images

«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu «neradzurrilar» himoyachisi Alessandro Bastoniga «Real» va «Barselona» tomonidan boʻlayotgan qiziqishlar haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

«Alessandro Bastoni kelajakda bizga koʻp narsa beradi. Uning «Real» yoki «Barselona»ga oʻtishi haqidagi mish-mishlar normal holat, chunki u dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri. Ammo u hozirgi kundagi eng yaxshi futbolchilarimizdan biri. Va men Bastoni kelajakda «Inter»ga nima bera olishini bilaman», — deya Kivuning soʻzlaridan iqtibos keltiradi Gazzetta dello Sport.

Himoyachining «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar moʻljallangan. Joriy mavsumda Alessandro Milan klubi safida 40 ta oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting