locale OZ

Kilian Mbappe shifoxonaga yotqizildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kilian Mbappe shifoxonaga yotqizildi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Qo‘shma Shtatlarda shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.

“Futbolchimiz Kilian Mbappe o‘tkir gastroenteritdan aziyat chekmoqda va bir qator tahlillar topshirish hamda tegishli davolanish kursini o‘tashi uchun shifoxonaga yotqizildi”, deyiladi klub bayonotida.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli futbolchi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1-turidagi Saudiyaning “Al-Hilol” klubiga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborgan edi.

“Real” AQSHda o‘tayotgan turnirda durang (1:1) bilan start oldi. Joriy yilning 22 iyun kuni 2-tur doirasida “qaymoqranglilar” Meksikaning “Pachuka” klubi bilan bahs olib boradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting