locale OZ

Keyingi manzil Saudiyami? Lionel Messi MLS saviyasidan norozi bo'lmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Keyingi manzil Saudiyami? Lionel Messi MLS saviyasidan norozi bo'lmoqda
FOTO: Getty Images

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messining otasi va agenti Xorxe Messi Saudiya Arabistoni davlat investitsiya jamg'armasi bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoliyeri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, argentinalik futbolchi 2023-yilning yozida transfer qilinganidan buyon MLS rivojida erishilgan yutuqlardan norozi bo'lmoqda.

Ta'kidlanishicha, Messining otasi saudiyaliklar bilan muzokaralarda shartnomaning nafaqat sport tomoni, balki marketing loyihasini ham muhokama qiladi.

Eslatib o'tamiz, Lionel Messining “Inter Mayami” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning oxirida yakuniga yetadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting