locale OZ

Kertis Jons faoliyatini Milanda davom ettiradi

Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar futbolchini 35 million yevroga sotishga rozi bo‘lishgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kertis Jons faoliyatini Milanda davom ettiradi
photo: gettyimages

Milanliklar «Liverpul» futbolchisi Kertis Jonsning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda mashhur insayder Fabritsio Romano.

Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar futbolchini 35 million yevroga sotishga rozi bo‘lishgan. Jons tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

25 yoshli angliyalik futbolchi bilan shartnoma 2027 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 35 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Jons barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting