locale OZ

Kepa qishda A Seriya klubiga yo‘l olishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
ФОТО: Getty images

"Arsenal" klubi darvozaboni Kepa Arrizabalaga qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, o‘tgan yozda "Arsenal" bilan shartnoma imzolagan 30 yoshli ispaniyalik posbon yanvar oyidayoq Italiya A Seriyasiga yo‘l olishi mumkin.

Kepaning xizmatlariga shaxsan "Como" bosh murabbiyi Cesc Fabregas qiziqish bildirmoqda.

Ispaniyalik kiper joriy mavsum Angliya Liga kubogida faqatgina bitta o‘yinda ishtirok etdi.

Darvozabonning "kanonirlar" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 10 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting