locale OZ

Kepa Arrizabalaga faoliyatini “Arsenal”da davom ettirishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kepa Arrizabalaga faoliyatini “Arsenal”da davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

Londonning “Arsenal” klubi “Chelsi” darvozaboni Kepa Arrizabalagani sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Sky Sports jurnalisti Luka Bendoni xabar berdi.

Manbaga ko'ra, ispaniyalik golkiperning shartnomasidagi tovon puli 5 million funt sterlingni (5,9 million yevro) tashkil qiladi.

Eslatib o'tamiz, Arrizabalaga 2018-yildan buyon “Chelsi”da o'ynab kelmoqda. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 163 ta o'yinda maydonga tushgan, ularning 59 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Kepaning “aristokratlar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 10 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting