locale OZ

Kazemiro \"MYU\"da faoliyatini yakunlashi mumkin — manba

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kazemiro "MYU"da faoliyatini yakunlashi mumkin — manba
Photo: Getty Images

"Manchester Yunayted"ning 33 yoshli yarim himoyachisi Kazemiro Saudiya Arabistoni va MLS tomonidan qiziqish bo‘lishiga qaramay, ingliz klubida qolishni o‘ylamoqda. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchi faoliyatini "qizil iblislar" safida yakunlashi mumkin.

Ta’kidlanishicha, mankunianliklar bosh murabbiyi Ruben Amorim 33 yoshli yarim himoyachi o‘z jamoasida muhim rol o‘ynashga qodir, deb hisoblagan Kazemironing "Manchester Yunayted"da qolish qaroriga katta ta’sir ko‘rsatgan.

Portugal mutaxassisining fikricha, Kazemironinig tajribasi va ko‘p qirrali o‘yin ko‘rsata olishi "qizil iblislar"ning muvaffaqiyatga erishishida asosiy ustunlik bo‘lishi mumkin.

Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi barcha turnirlarda 39 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 12 million yevroni tashkil qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting