locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Kazemiro “Manchester Yunayted”da Krishtianu Ronaldunikiga teng maosh olishi mumkin

Futbol 04 may 2025 da 03:20
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Журналист
Kazemiro “Manchester Yunayted”da Krishtianu Ronaldunikiga teng maosh olishi mumkin
FOTO: Getty Images

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kazemiro, agar mankunianliklar Yevropa Ligasida g'olib chiqib, Chempionlar Ligasiga yo'llanma olsa, maoshi sezilarli darajada ko'tariladi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, braziliyalik futbolchining shartnomasida “qizil iblislar” Chempionlar Ligasiga chiqsa, uning maoshi 100 ming funtga oshirilishi ko'rsatilgan. Natijasida uning haftalik daromadi 500 ming funtni tashkil qiladi.

Taqqoslash uchun, xuddi shunday maoshni MYU'ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham jamoadagi ikkinchi faoliyati davomida olgan edi.

Eslatib o'tamiz, “Manchester Yunayted” Yevropa Ligasi yarim finalining dastlabki o'yinida “Atletik Bilbao”ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Tomonlar o'rtasidagi javob o'yini 8-may kuni bo'lib o'tadi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting