Kazemiro: «Kimga qarshi o‘ynasak ham, yuqori saviyada harakat qilishimiz kerak»
Braziliya o‘rtoqlik uchrashuvida Yaponiyaga mag‘lub bo‘lgandi.
ФОТО: Getty images
"Manchester Yunayted" va Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Kazemiro o‘rtoqlik uchrashuvida Yaponiya terma jamoasidan uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi. Braziliya ikki to‘p farqi bilan ustunlikni boy berdi va Yaponiya jamoasiga 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
"Biz 45 daqiqada bor kuchimizni behuda sarflagan bo‘lishimiz mumkin. Lekin bu o‘yindan saboq olishimiz kerak. Yaponiya bo‘ladimi yoki boshqa terma jamoaga qarshi bo‘ladimi, biz yuqori saviyada o‘ynashimiz kerak. Chunki 45 daqiqa bolalikdagi orzularingizni barbod qilishi mumkin”, - dedi Kazemiro.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyidagi yig‘in doirasida Braziliya terma jamoasi 10 oktyabr kuni Janubiy Koreya terma jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist