Kazemiro kelajagi borasida bir qarorga keldi
Photo: Getty Images
"Manchester Yunayted"ning 33 yoshli himoyachi yarim himoyachisi Kazemiro kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Mirror xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi faoliyatini "qizil iblislar"da davom ettiradi.
Futbolchining qaroriga, jumladan, may oyining oxirida Braziliya terma jamoasiga chaqiruv olgani ta'sir qilgan.
Kazemiro JCh-2026da Braziliya terma jamoasi safida qatnashmoqchi. Yarim himoyachining fikricha, Premyer-ligada o'ynash orqali bu maqsadga erishish imkoniyati ko'proq. Iyun oyining boshida 33 yoshli futbolchi Braziliya terma jamoasi safida JCh-2026 saralashi doirasida Ekvador (0:0) va Paragvayga (1:0) qarshi o'yinlarda maydonga tushgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist