locale OZ

Karvaxal uzoq muddatga safdan chiqdi

«Real» sardori yaqindagina jarohatidan toʻliq tiklangandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karvaxal uzoq muddatga safdan chiqdi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi sardori Dani Karvaxal jarohat oldi. Bu haqda «qaymoqranglilar» matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, futbolchiga oʻtkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida uning oʻng tizzasidagi boʻgʻimda shikastlanish aniqlangan. Karvaxalga artroskopiya amaliyoti oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Taʼkidlash joiz, himoyachi yaqindagina boldir mushagi jarohatidan toʻliq tiklangandi.

Maʼlumot uchun, Karvaxal joriy mavsum barcha turnirlarda 8 ta oʻyinda maydonga tushdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting