Karvaxal oxirgi 6 yil ichida «Real»ni tark etgan oltinchi sardorga aylanadi
Madridning «Real» klubi himoyachisi Daniel Karvaxal soʻnggi olti yil ichida jamoani tark etgan oltinchi sardorga aylanadi.
Avvalroq, «Real» rahbariyati Karvaxal bilan shartnoma muddati tugagach, oʻzaro hamkorlik yakunlanishini rasman eʼlon qilgan edi. 34 yoshli futbolchining madridliklar bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilning yozida oʻz nihoyasiga yetadi.
Karvaxalga qadar «qirollik klubi»ning bir qator sardorlari jamoani tark etishgan edi: Serxio Ramos (2021 yil), Marselo (2022 yil), Karim Benzema (2023 yil), Nacho Fernandes (2024 yil) va Luka Modrich (2025 yil).
Maʼlumot uchun, Karvaxal «Real Madrid» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. «Qirollik klubi»ning amaldagi sardori 2013 yilning yozidan buyon asosiy jamoa safida uzluksiz toʻp surib kelmoqda. Joriy mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 22 ta oʻyinda maydonga tushdi. U «Real» libosida jami 450 ta uchrashuv oʻtkazib, ўз hisobiga 14 ta gol yozdirib qoʻyishga ulgurgan.