Karvaxal faoliyatini yakunlash arafasida turganini ma'lum qildi
Futbol
Nasrullo Karimov
Jurnalist
FOTO: Getty Images
Madridning “Real” klubi himoyachisi Dani Karvaxal futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
“Faoliyatimni yakunlash? Bu uzoq yo'l bo'ldi. Mening sport kareram allaqachon yakuniga yetib bormoqda. Men realistik bo'lishim kerak. Bu haqda gapirish qiyin”, - deydi Karvaxal.
Ma'lumot uchun, Karvaxal klub miqyosida jami 531 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 82 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 10 million yevroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Dani 2024-yilning oktyabr oyida xochsimon paylarini shikastlab olgandi va hozirda tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda.