Karlo Anchelottining kelajagi borasida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi


Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti u bilan hali ham aloqalarni uzmagan Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda Cadena Ser nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Anchelotti Madridda qancha vaqt qolishi borasidagi qaror La Liganing 35-turidan o'rin olgan “Barselona”ga qarshi bahsdan so'ng aniq bo'ladi.
Agar “qaymoqranglilar” ushbu bahsda qoniqarsiz natija qayd etsa, klub Ispaniya chempionligi poygasidan ham chiqib ketadi va “Real” mavsum yakunlanganidan so'ng italiyalik mutaxassisni Braziliya terma jamoasiga qo'yin yuborishi mumkin.
Agar “Real” “El-Klasiko”da g'alaba qozonsa, klub chempionlik uchun kurashni davom ettiradi va Anchelottini o'zida saqlab qoladi.
Shuningdek, mavsum yakunida “Real” La Liga chempionligi qo'lga kiritsa, Anchelotti hech bo'lmaganda klublar o'rtasidagi Jahon chempionati yakuniga qadar “Real”ni tark etmaydi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq OAV'da Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarish taklifini rad etgani va faoliyatini “Real” yoki Saudiya davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Boshqa sport turlari
Bugun da 15:37

Futbol
Bugun da 13:02

Boshqa sport turlari
Bugun da 12:28