locale OZ

Karlo Anchelotti “Real”ning yangi davri haqida fikr bildirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karlo Anchelotti “Real”ning yangi davri haqida fikr bildirdi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “qaymoqranglilar”ning yangi davri haqida gapirdi.

Avvalroq Luka Modrich mavsum yakunida jamoani tark etishini e'lon qilgandi. Anchelottining o'zi ham La Liganing so'nggi turidan so'ng o'z lavozimini tark etadi.

“Aytishim mumkinki, Modrichning ketishi bilan “oltin” avlod butunlay yo'q bo'lib ketadi. Garchi Karvaxal klubda bo'lsa-da, u jarohat olgan. Ammo bu avlod ham boshqa avlodlar kabi qachonlardir tugaydi.

Ko'pchilik allaqachon ketishgan: Kazemiro, Krishtianu Ronaldu... Lekin “Real” dunyodagi eng yaxshi klubi bo'lishda davom etdi va shunday bo'lib qoladi”, - deydi Anchelotti.

Eslatib o'tamiz, Anchelotti ketganidan so'ng uning o'rnini hozirda “Bayer”ni boshqarayotgan Xabi Alonso egallaydi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting