locale OZ

Karlo Anchelotti “Real”ni tark etishidan avval Mbappega nima degani ma'lum bo'ldi

Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Karlo Anchelotti “Real”ni tark etishidan avval Mbappega nima degani ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mavsum oxirida jamoani tark etishiga qaramay, “Qirollik klubi” futbolchilari bilan yaxshi munosabatda bo'lib turibdi.

Xususan, italiyalik mutaxassis Kilian Mbappe bilan yaqin aloqada. U jamoani tark etishidan avval fransiyalik futbolchiga quyidagi so'zlarni aytdi.

“Sen endi yanada yaxshiroq o'ynay olasan. Chunki bu La Ligadagi ikkinchi mavsuming bo'ladi. Sen allaqachon shahar va klubga moslashib bo'lding. Keyingi yildagi natijalaring albatta yaxshi bo'ladi”.

Qayd etilishicha, Mbappe ham Anchelottiga klubga kelganidan beri ko'rsatilayotgan qo'llab-quvvatlash va ishonch uchun minnatdorlik bildirgan. Mbappe italiyalik murabbiy bilan hamkorligi joriy mavsumda katta muvaffaqiyatlarga olib kelmaganidan afsusda ekanligini aytgan.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting