locale OZ

Karlo Anchelotti “Real Madrid”ni tark etishga yaqin turibdi - Romano

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karlo Anchelotti “Real Madrid”ni tark etishga yaqin turibdi - Romano
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkin.

Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, italiyalik mutaxassisning ketish ehtimoli juda yuqori. Agar Anchelotti “Arsenal” to'sig'idan o'ta olmasa, lavozimini tark etishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Karlo Anchelotti 2021-yildan buyon “Real”ni boshqarib kelmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2026-yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar Ligasi chorak finalining dastlabki o'yinida Anchelotti shogirdlari “Arsenal”ga 3:0 hisobida mag'lub bo'lgandi. Javob uchrashuvi 16-aprel sanasida bo'lib o'tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting