Karlo Anchelotti: “Real” deyarli mukammal mavsum o'tkazmoqda”
FOTO: Getty Images
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “qaymoqranglilar”ning joriy mavsumdagi o'yini haqida fikr bildirdi.
“Bu faoliyatimdagi eng qiyin mavsum emas. Ha, bu avvalgilariga qaraganda qiyinroq. Lekin biz qiyinchiliklarga qaramay, deyarli mukammal mavsum o'tkazyapmiz.
Oldinda hali beshta o'yin bor va barchasi yaxshi tomonga o'zgarishi mumkin. Biz bor kuchimizni berib, qolgan barcha o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilishimiz kerak. Shunda mavsum juda yaxshi yakunlanadi”, - deydi italiyalik mutaxassis.
Ma'lumot uchun, “Real Madrid” Ispaniya La Ligasining yakunlangan 33-turidan so'ng 72 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist