Karlo Anchelotti “Real” boshqaruvidagi eng esda qolarli uchta o'yin haqida gapirdi
FOTO: Getty Images
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “qaymoqranglilar” boshqaruvidagi eng unutilmas uchta o'yin qaysi ekanligini aytdi.
“2014-yilgi Lissabondagi final, 2022-yilga Parijdagi final, 2024-yilgi Londondagi final. Bunga savolga javob berish qiyin emas”, - deydi Anchelotti.
Eslatib o'tamiz, 2014-yilgi Chempionlari Ligasi finalida “Real” “Atletiko Madrid”ni, 2022-yil “Liverpul”ni, 2024-yil esa “Borussiya Dortmund”ni mag'lub etgandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist