Karlo Anchelotti qachon “Real”dan ketishini ma'lum qilishini aytdi
FOTO: Getty Images
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti may oyining so'nggi kunlarida “Qirollik klubi”ni tark etishini e'lon qiladi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, italiyalik mutaxassis Braziliya terma jamoasini boshqarish haqidagi qarorini ham o'sha vaqtda ma'lum qiladi.
Ta'kidlanishicha, uning o'rnini “Bayer” bosh murabbiyi Xabi Alonso egallaydi.
Eslatib o'tamiz, Anchelotti 2021-yildan buyon “Real Madrid”ni boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida “Real” jami 3 marta Chempionlar Ligasi, 2 marta La Liga va Ispaniya Kubogida g'olib chiqqan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist