locale OZ

Karlo Anchelotti: “Neymar Braziliya terma jamoasining asosiy figurasiga aylanadi”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karlo Anchelotti: “Neymar Braziliya terma jamoasining asosiy figurasiga aylanadi”
FOTO: Getty Images

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarni JCh-2026'da jamoaning asosiy figurasiga aylantirishni rejalashtirayotganini aytdi.

“Ha, men u bilan gaplashdim. U jamoamiz va Jahon chempionati uchun juda muhim futbolchi. U o'zini tayyorlashi kerak va buning uchun vaqt bor. Biz uni Braziliya terma jamoasining asosiy futbolchisiga aylantirish borasida aniq tassavvurga egamiz”, - deydi Anchelotti.

Ma'lumot uchun, Neymar o'tgan mavsum “Santos” safida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 12 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting