Karlo Anchelotti mish-mishlarga izoh berdi
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti so'nggi paytlarda ommaviy axborot vositalarida tarqalgan mish-mishlarga izoh berib, “Real” rahbariyati bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi.
“Yo'q, bu mutlaqo noto'g'ri. Klub bilan yaxshi munosabatdaman. Bu ma'lumotlar bizdan olinmaydi va aksariyati haqiqatga to'g'ri kelmaydi”, - deydi italiyalik mutaxassis.
Ma'lumot uchun, “Real” ayni dam La Liga turnir jadvalida 72 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Anchelotti shogirdlari “Barselona”dan 4 ochko ortda qolmoqda.
65 yoshli mutaxassisning ispan grandi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi. So'nggi kunlarda OAV Anchelotti tez orada “Real”ni tark etib, Braziliyada ish boshlashi haqida xabarlar tarqatmoqda.