locale OZ

Karlo Anchelotti “El-Klasiko”dan so'ng Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karlo Anchelotti “El-Klasiko”dan so'ng Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin
FOTO: Getty Images

Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) La Liganing 35-turidan o'rin olgan “Barselona”ga qarshi o'yindan so'ng “Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, CBF italiyalik mutaxassis terma jamoa boshqaruviga kelishiga ishonmoqda. Biroq, Braziliya rahbariyati Anchelottining “Real Madrid” Ispaniya chempionatida g'alaba qozonish imkoniyatiga ega bo'lsa, yangi shartnoma imzolamaslik istagini ham hurmat qiladi.

Ma'lumot uchun, La Liganing ortda qolgan 33-turidan so'ng “Real” 72 ochko jamg'argan holda ikkinchi o'rinda bormoqda. Birinchi o'rinni esa 76 ochko bilan “Barselona” egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting