locale OZ

Karlo Anchelotti dunyoning eng ko'p maosh oluvchi terma jamoa murabbiyiga aylanishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karlo Anchelotti dunyoning eng ko'p maosh oluvchi terma jamoa murabbiyiga aylanishi mumkin
FOТО: Sky Sports

Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga “Qirollik klubi”dagi maoshiga teng bo'lgan maosh taklif qilmoqda. Bu haqda Relevo nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, italiyalik mutaxassis Braziliya terma jamoasini boshqarishga rozi bo'lsa, dunyoning eng ko'p maosh oluvchi terma jamoa murabbiyiga aylanadi.

Qayd etilishicha, CBF Anchelottiga JCh-2026'gacha amal qiladigan shartnoma taklif qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, kelasi hafta muzokaralar bo'yicha yanada aniqroq ma'lumotlar paydo bo'lishi mumkin.

Agar hammasi ijobiy yakunlansa, italiyalik mutaxassis mavsumni “Real”da yakunlaydi, biroq 15-iyundan start oladigan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida “qaymoqranglilar” murabbiyi bo'la olmaydi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting