locale OZ

Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin - Globo

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin - Globo
FOTO: Football Espana

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda Globo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Braziliya futbol federatsiyasi italiyalik mutaxassis bilan aloqalarni qayta tiklagan va unga 2026-yilgi Jahon chempionatida jamoani boshqarishni taklif qilgan.

Qayd etilishicha, Anchelotti bu taklifni rad etmagan. Italiyalik murabbiy Braziliya futbol federatsiyasiga 2025-yilgi klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidan so'ng bu haqda o'ylab ko'rishini aytgan.

Ma'lumot uchun, klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining 15-iyundan 13-iyulga qadar davom etadi. Madridning “Real” klubi “H” guruhida “Al-Hilol”, “Pachuka” va “RB Zalsburg” bilan bosh sovrin uchun kurash olib boradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting