Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqaradi — Fabrizio Romano
Photo: Getty Images
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionati yakunlanganidan keyin Braziliya terma jamoasini boshqaradi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Anchelotti va Braziliya terma jamoasi italiyalik mutaxassis 2026 yilda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida terma jamoa bosh murabbiyi bo‘lishi borasida kelishuvga erishgan.
Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Madrid klubi mavsumning so‘nggi o‘yinida italiyalik murabbiy bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazadi. Anchelotti iyun oyidan Braziliya milliy jamoasida ish boshlash bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist