locale OZ

Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi

Tomonlar oʻrtasida 2030 yilgacha moʻljallangan yangi kelishuv imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi
FOTO: Getty Images

Italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) rasmiy sayti shartnoma 2030 yilgi jahon chempionati yakuniga qadar uzaytirilganini ma’lum qildi.

«Anchelottining jahon futboli tarixidagi eng muvaffaqiyatli jamoa — Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidagi faoliyatini davom ettirishi nafaqat CBF tomonidan murabbiyning ishini qo‘llab-quvvatlashini, balki u 2025 yil may oyi oxirida kelganidan buyon jamoa va braziliyalik muxlislar orasida qozongan ishonchini ham aks ettiradi», — deyiladi CBF rasmiy bayonotida.

Ma’lumot uchun, 66 yoshli mutaxassis qo‘l ostida «pentakampeonlar» hozirga qadar 10 ta o‘yin o‘tkazib, shularning 5 tasida g‘alaba qozonishdi, 2 marta durang qayd etib, 3 bor mag‘lubiyatga uchrashdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting