Karlo Anchelotti 41 yoshli Tyago Silvani JCh-2026 tarkibiga kiritishini tasdiqladi
Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 41 yoshli himoyachi Tyago Silva bo‘lajak Jahon chempionatida ishtirok etishini ma’lum qildi. Silva joriy mavsumda Portugaliyaning «Portu» klubi sharafini himoya qilmoqda va uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyuniga qadar belgilangan.
«Ha, Tyago Silva bizning rejalarimizga kiritilgan. U juda yaxshi o‘yin namoyish etmoqda, Portugaliya chempionligini qo‘lga kiritdi va a’lo darajadagi jismoniy holatda. Jamoada yetakchilar bo‘lishi muhim. Baxtimizga, ushbu tarkibda juda hurmatga sazovor liderlar bor. Ular ko‘p gapirishmaydi, lekin o‘z o‘rnaklari bilan boshqalarni ergashtira olishadi — bular Alisson, Kazemiro, Markinyos va Rafinya. Shu ma’noda jamoa ishonchli qo‘llarda», — dedi Anchelotti.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 bahslarida Braziliya terma jamoasi «C» guruhida Marokash, Gaiti va Shotlandiya termalariga qarshi maydonga tushadi.