locale OZ

Karas: «Ijobiy natijaga erishish uchun harakat qilamiz»

“Paxtakor” murabbiyi va Ibrohim Ibragimov matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
Karas: «Ijobiy natijaga erishish uchun harakat qilamiz»
Фото: Пахтакор ПФК

"Al Ahli"ga qarshi o‘yin oldidan “Paxtakor” murabbiyi Emilian Karas va yarim himoyachi Ibrohim Ibragimov matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Karas: - Biz musobaqaning guruh bosqichini boshlayotganimizdan xursandmiz. Jiddaga uzoq parvoz bilan yetib keldik. Jamoamiz o‘yinga yaxshi tayyorlandi. "Al Ahli"ning kuchli klub ekanini bilamiz. Ularning safida yuqori saviyali futbolchilar ko‘p. Shunga qaramay, ertaga yaxshi o‘yin namoyish etishga intilamiz. Bir maqsad sari yakdil jamoaga aylanamiz. Ijobiy natijaga erishish uchun harakat qilamiz.

Ibragimov: - Elit Chempionlar Ligasi guruh o‘yinlari boshlanayotgani bilan barchani tabriklayman. Raqibimizni yaxshilab o‘rganib chiqdik. Ertangi bellashuv biz uchun oson bo‘lmaydi. "Al Ahli" juda kuchli jamoa. Lekin biz maydonda borimizni bergan holda ijobiy natijaga erishish uchun urinamiz.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting