Kanselu transfer oynasi oxirigacha «Barselona» futbolchisiga aylanishi kutilmoqda
Tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.
ФОТО: Getty images
Portugaliyalik himoyachi Joau Kanselu yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar «Barselona» safiga qo‘shilishi kutilmoqda. Bu transfer boshidan shubha ostida bo‘lmagan.
Biroq ayni vaqtda «Barselona» va Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi o‘rtasida transfer narxi bo‘yicha muzokaralar hali yakunlangani yo‘q.
Manbalarga ko‘ra, Kanselu o‘z pozitsiyasini aniq bildirgan — u faqat «Barselona»ga o‘tishni istamoqda. Ushbu xohish futbolchi tomonidan yanvar oyida ham bildirildi va hozir ham o‘zgarmagan.
Shu bois, klublar transfer summasi bo‘yicha kelishuvga erishishi bilan Joau Kanseluning kataloniyaliklar safiga qaytishi rasmiy tarzda tasdiqlanishi kutilmoqda.