locale OZ

Kamoliddin Tojiyev: «Yana yo‘q joydan gol o‘tkazib yubordik»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamoliddin Tojiyev: «Yana yo‘q joydan gol o‘tkazib yubordik»
Photo: Pakhtakor PFK

Superliga 18-turidan o‘rin olgan “Dinamo” – “Paxtakor” (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev o‘z fikrlarini bildirdi.

“O‘yinni yaxshi boshladik. Biroq yana yo‘q joydan gol o‘tkazib yubordik. Keyin yigitlar sekinlashib qolishdi. Ikkinchi bo‘limda oxirigacha g‘alaba uchun kurashishda davom etdik. Har ikki jamoa futbol o‘ynashga intildi.

Bizda imkon bor ekan, harakat qilishda davom etamiz. O‘yinimizni kuchaytirish uchun o‘zgarishlar qildik. Jamoamizga yangi kelib qo‘shilgan futbolchilar yaxshi holatga kirib borishyapti va tez orada foyda keltirishadi deb o‘ylayman”, - deya Tojiyevning so‘zlaridan keltiradi “Paxtakor” klubi matbuot xizmati.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting