locale OZ

Kamoliddin Tojiyev: «O‘yinimiz yoqdi deya olmayman, ammo oxirigacha kurashganimiz ma’qul keldi»

Tojiyev matbuot anjumanida qatnashdi.
Kamoliddin Tojiyev: «O‘yinimiz yoqdi deya olmayman, ammo oxirigacha kurashganimiz ma’qul keldi»
Фото: Пахтакор ПФК

Superliganing 22-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Mash’al" - "Paxtakor" o‘yinidan keyin toshkentliklar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida qatnashdi.

— O‘yin oson bo‘lmasligini bilardik. Birinchi bo‘limda sustroq harakat qildik, qizil kartochka ham rejalarimizni buzib yubordi. Ikkinchi bo‘limda yigitlar xarakter va darajalarini ko‘rsatishdi. O‘yinimiz yoqdi deya olmayman, ammo oxirigacha kurashganimiz ma’qul keldi. Hozir har bir o‘yin muhim. Bahs boshidan 10 futbolchi bilan qolib, zafar quchish oson emas. Qolaversa, biz juda tig‘iz taqvimda o‘ynayapmiz. Safardan qaytib kelib, yana bu yerga yetib keldik. Bunday holatda o‘ynash qiyinlashadi. "Al Ahli" bilan bellashuvdan keyinoq shu o‘yinga hozirlikka kirishdik. Bozorov jarohatdan endigina tiklandi. U keyingi o‘yinlarda maydonga tushadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting