locale OZ

Kamoliddin Tojiyev o‘rnini Kapadze egallashi mumkin

“Paxtakor” murabbiyi hali Pro litsenziyaga ega emas, Kapadze esa milliy jamoada yordamchi bo‘lishni istamayapti
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Championat Asia

Agar O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze lavozimdan ketsa, u "Paxtakor" jamoasiga bosh murabbiy sifatida tayinlanishi mumkin. Ma'lumotlarga ko‘ra, jamoaning hozirgi ustozi Kamoliddin Tojiyevda Pro litsenziya mavjud emas. Superliga klublarida faoliyat olib borish uchun ushbu litsenziya talab etiladi. Hozircha u A litsenziya olish jarayonida.

Shu bilan birga, Kapadze milliy terma jamoada bosh murabbiylikdan tashqari boshqa lavozimni qabul qilmoqchi emas. U yordamchi murabbiy bo‘lishga rozi emasligi aytilmoqda.

Jurnalist Narzulla Saydullayevning yozishicha, Tojiyev boshchiligida "Paxtakor" yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda va natijalar ham yomon emas. Ammo u rasmiy ravishda jamoani boshqarishi uchun Pro litsenziya talab etiladi.

Muxlislar orasida Tojiyev vaqtincha "yopiqcha" bosh murabbiy sifatida ishlab, litsenziyani olguniga qadar faoliyatni shu tarzda davom ettirishi mumkinligi haqida fikrlar bildirilmoqda. Bunga o‘xshash holatlar ilgari ham kuzatilgan — rasmiy bosh murabbiy sifatida Pro litsenziyaga ega mutaxassis tayinlanib, amalda esa boshqa shaxs jamoani boshqargan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting