locale OZ

Kamoliddin Tojiyev: \"Namoyish etilgan futboldan qoniqmadim\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamoliddin Tojiyev: "Namoyish etilgan futboldan qoniqmadim"
Photo: Pakhtakor PFK

“Paxtakor” murabbiyi Kamoliddin Tojiyev Oʻzbekiston kubogi 1/8 final bosqichi doirasida "Olimpik Mobiuz"ga qarshi oʻyindan soʻng tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Yigitlarga bellashuvga ishtiyoq bilan tushish kerakligini taʼkidladik, ammo baribir bu yetarli boʻlmadi. Bunday holatda oʻyin yaxshi chiqmaydi. Tajriba evaziga vaziyatlardan foydalandik va chorak finalga yoʻl oldik. Namoyish etilgan futboldan qoniqmadim. Keyingi bosqichda kimga toʻgʻri kelsak ham farqi yoʻq. Maydonga tushamiz va oʻynaymiz.

Alijonovda kichik jarohat borligi sababli avvalgi oʻyinda maydonga tusha olmadi. Keyingi bellashuvga toʻliq tayyor boʻladi", - deydi Tojiyev.

Eslatib oʻtamiz, oʻyin 2:1 hisobida “Paxtakor”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Brayan Riaskos har ikkala golga mualliflik qildi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting