locale OZ

Kamoliddin Tojiyev: \"Chetdan chiqarilgandan so‘ng tashabbusni qo‘lga olib, bahs taqdirini hal qildik\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamoliddin Tojiyev: "Chetdan chiqarilgandan so‘ng tashabbusni qo‘lga olib, bahs taqdirini hal qildik"
Photo: Pakhtakor PFC

O‘zbekiston kubogi 3-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" (6:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar murabbiyi Kamoliddin Tojiyev OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

“Bugun o‘yinning borishi o‘zgarib turishiga guvoh bo‘ldik. Biz yaxshi boshladik, ikkita tez gol urdik. Lekin keyin raqib ustunlikka erishdi va hisobni tenglashtirdi. Yana biz oldinga chiqdik va qizil kartochkagacha bellashuv juda keskin bo‘ldi. Chetdan chiqarilgandan so‘ng tashabbusni qo‘lga olib, bahs taqdirini hal qildik. Bugun biz himoyada yaxshi o‘ynay olmadik. Aynan ko‘p gol o‘tkazganimiz xavotirga soladi. Buning ustida mehnat qilishimiz kerak. Yigitlar ko‘p narsaga qodir. Ular ruhiy tushkunlikdan chiqib ketishlari lozim. Bu borada yana ular bilan suhbatlashamiz. Tez orada Xolmatov, Flamarion, Hamdamov safga qaytishadi. Bugun Abdullayev hamda Bo‘riyev o‘yinga qaytishdi”, - deya Tojiyev so‘zlaridan keltiradi klub matbuot xizmati.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting