Kamavinga yozda «Real»ni tark etishi mumkin — manba
Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga yozgi transfer oynasida jamoa bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, «qirolicha klubi» tarkibni yanada kuchaytirishdan oldin yirik transfer sotuvini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu borada asosiy nomzodlardan biri 23 yoshli fransiyalik yarim himoyachi hisoblanadi.
Xabar qilinishicha, madridliklar Kamavinga transferi uchun kamida 60 million yevro ishlab olishni maqsad qilgan. Biroq uning kelajagi bo'yicha yakuniy qaror bosh murabbiy Joze Mourinyuning fikriga bog'liq bo'ladi.
Shuningdek, fransiyalik futbolchiga Milaning «Inter» klubi hamda Fransiyaning «PSJ» jamoasi qiziqish bildirmoqda.
Kamavinga o'tgan mavsum «Real» safida barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati hozirda 50 million yevroni tashkil etadi.