locale OZ

Kamavinga yozda «Real»ni tark etish haqida oʻylamayapti

Futbolchi bor eʼtiborini klubdagi hozirgi mavqeyini yaxshilashga qaratmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamavinga yozda «Real»ni tark etish haqida oʻylamayapti
FOTO: Getty Images

«Real Madrid» yarimhimoyachisi Eduardu Kamavinga kelayotgan yozgi transfer oynasida jamoasini tark etishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Futbolchi yozda boshqa klublar bilan har qanday muzokaralardan bosh tortmoqchi, u bor e’tiborini «Real»dagi hozirgi mavqeini yaxshilashga qaratishni maqsad qilgan. Shuningdek, xabarda keltirilishicha, xavbekning «los blankos» prezidenti Florentino Peres bilan munosabatlari hamon juda yaxshi holatda.

Yakunlangan mavsumda Kamavinga barcha turnirlarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta assist muallifiga aylandi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, fransiyalik yarim himoyachining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting