Kamavinga «Real»ni tark etish haqida o‘ylamoqda
Eduardu Kamavinga “Real Madrid”dagi kelajagi borasida jiddiy o‘ylab qolgan. Bunga uni Fransiya terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati tarkibiga kiritmagani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli yarim himoyachi bu qarordan qattiq xafa bo‘lgan va bu holat uni yangi chaqiriqlar izlashga undagan. Futbolchining atrofidagilar transfer bozorini faol o‘rganmoqda va turli klublar bilan muzokaralar olib bormoqda.
Xabar qilinishicha, o‘tgan hafta “Manchester United” va “Liverpool” Kamavinga bo‘yicha ma’lumot so‘ragan. Har ikki klub ham fransiyalik futbolchini uzoq vaqtdan beri kuzatib kelmoqda.
Manbaga ko‘ra, «Real Madrid» futbolchini sotishga tayyor va uning transfer narxini taxminan 57,5 million yevroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Kamavinga barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, yarim himoyachining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.