locale OZ

Kafu: “Real Madrid” - qo'rqinchli jamoa”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kafu: “Real Madrid” - qo'rqinchli jamoa”
FOTO: Getty Images

Afsonaviy braziliyalik himoyachi Kafu “Real Madrid” joriy mavsumdagi o'yinlari haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Real Madrid” - qo'rqinchli jamoa. Bu klub muammolarni o'z qo'liga olishni yaxshi ko'radi. Chempionlar Ligasidan chiqib ketgan bo'lsalar ham, raqibning qo'rquvi yo'qolmaydi. Bu “Real”.

Ishonchim komilki, jamoa kelasi mavsumda o'zining eng yaxshi o'yinlarini ko'rsatadi”, - deydi Kafu.

Eslatib o'tamiz, “Real” Chempionlar Ligasining chorak finalida “Arsenal”ga ikki o'yin natijasiga ko'ra (5:1) mag'lub bo'lib, turnirni tark etdi.

Hozirda Karlo Anchelotti shogirdlari Ispaniya La Ligasi va Ispaniya Kubogida o'z yurishlarini davom ettirmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting