locale OZ

Jud Bellingem operatsiya qilinadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jud Bellingem operatsiya qilinadi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidan so'ng yelkasini operatsiya qiladi. Angliyalik futbolchi 2023-yilning noyabr oyidan beri tayanch bandaj bilan o'ynab kelmoqda.

The Athletic xabariga ko'ra, operatsiya 15-iyundan 13-iyulga qadar AQShda bo'lib o'tadigan turnirdan so'ng o'tkazilishi rejalashtirilgan. “Real” guruh bosqichida “Al-Hilol”, “Pachuka” va “RB Zalsburg” bilan kuch sinashadi.

Manbaga ko'ra, operatsiyadan so'ng tiklanish muddati 12 hafta davom etadi. Shuning uchun, Bellingem La Liganing yangi mavsumi startini o'tkazib yuboradi.

Ma'lumot uchun, Bellingem joriy mavsum barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Real” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting