Jud Bellingem faoliyatini Premyer-ligada davom ettirishi mumkin
Yelkasidagi jarohatidan tiklangach, «Real» yarimhimoyachisi Jud Bellingem soʻnggi toʻrtta oʻyinning faqat bittasini asosiy tarkibda boshladi. Shuningdek, yulduz futbolchi Angliya milliy jamoasining oktyabr oyidagi yigʻiniga ham chaqirilmadi.
22 yoshli Bellingemning holati Madrid klubida tashvish uygʻotmoqda. Xabar berilishicha, u Xabi Alonsoning o‘yin tizimiga toʻliq moslasha olmayapti.
Qayd etilishicha, agar vaziyat o'zgarmasa, Jud «Real»ni tark etib, APL klublaridan biriga yoʻl olishi mumkin.
Football Insider nashriga koʻra, agar Bellingem transfer bozorida paydo boʻlsa, Premyer-liganing top klublari unga jiddiy qiziqish bildiradi. Avvalroq futbolchi Angliyada «Birmingem» klubi safida toʻp surgan, biroq hali APLda o'ynamagan.
Maʼlumot uchun, Bellingem joriy mavsum barcha turnirlarda 5 ta oʻyinda maydonga tushdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 180 million yevroga baholanmoqda.