locale OZ

Joze Mourinyuning qaytishi Vinisius uchun muammo tug‘dirmaydi

Avvalroq braziliyalik futbolchi «Benfika» futbolchisi tomonidan irqiy kamsitilgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Joze Mourinyuning qaytishi Vinisius uchun muammo tug‘dirmaydi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi qanot hujumchisi Vinisius Junior uchun murabbiy Joze Mourinyuning jamoaga qaytishi ehtimoli muammo hisoblanmaydi.

Braziliyalik futbolchining «Benfika» yarimhimoyachisi Janluka Prestianni bilan sodir bo‘lgan mojarosida portugaliyalik mutaxassis o‘ziga xos pozitsiyani egallagan edi. Ma’lumot uchun, Mourinyo 2025 yilning sentyabr oyidan buyon Lissabon klubini boshqarib kelmoqda. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

17 fevral kuni Yevropa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan «Real» va «Benfika» uchrashuvida Vinisius Prestianni tomonidan irqchilik ruhidagi haqoratlarga uchraganini ma’lum qilgan edi. O‘yindan so‘ng Mourinyu braziliyalik hujumchining o‘zi ushbu voqeaga provokatsiya sababchisi bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgandi.

Keyinchalik Prestianni ushbu voqea sababli oltita o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting