locale OZ

Joze Mourinyu Valverde va Tchuamenidan birini «Real»dan haydamoqchi

Avvalroq ikki futbolchi oʻrtasida janjal yuz bergandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Joze Mourinyu Valverde va Tchuamenidan birini «Real»dan haydamoqchi
FOTO: Getty Images

«Real Madrid» bosh murabbiyligiga tayinlanishi kutilayotgan «Benfika» ustozi Joze Mourinyu jamoada yarimhimoyachilar Federiko Valverde va Aurelian Tchuamenining bir vaqtda qolishini istamayapti. Portugaliyalik mutaxassis tarkibni optimallashtirish va uning taktik tizimiga putur yetkazishi mumkin boʻlgan ichki raqobatdan qochishni afzal koʻrmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, yaqinda Valverde va Tchuameni oʻrtasida sodir boʻlgan mushtlashuv jamoaviy jipslik borasida jiddiy muammo borligini koʻrsatib berdi. Mourinyu esa oʻzi boshqaradigan har qanday jamoada aynan mana shu jihatga birinchi darajali eʼtibor qaratishi bilan tanilgan.

Qayd etilishicha, Mourinyuning taktik talablaridan kelib chiqilsa, himoyalanish va pozitsiyani nazorat qilish borasidagi qobiliyatlari evaziga Tchuameni Valverdedan koʻra biroz ustunlikka ega boʻlishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 7 may, payshanba kungi mashgʻulot paytida har ikki futbolchi oʻrtasida oʻzaro ogʻzaki nizo kelib chiqqan va u kiyinish xonasida mushtlashuvga aylanib ketgan edi. Toʻqnashuv oqibatida urugvaylik futbolchining boshi yorilib, shifoxonaga olib ketilgan, shuningdek, har ikki oʻyinchi ham klub tomonidan 500 ming yevro miqdorida jarimaga tortilgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting