Joze Mourinyu «Real»ga tayinlanishidan oldin klub oldiga ikkita shart qoʻydi
Portugaliyalik mutaxassis hozirda «Benfika»ni boshqarib kelmoqda.
FOTO: Getty Images
«Benfika»ni boshqarayotgan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyu oʻz agenti Jorje Mendesh orqali Madridning «Real» klubiga boʻlajak tayyinlov oldidan oʻz talablarini maʼlum qildi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, Mourinyu «Qirollik klubi»ga oʻz murabbiylar shtabining bir nechta aʼzolarini taklif qilishni talab qilmoqda. Shuningdek, portugaliyalik mutaxassis jamoa himoya chizigʻini kuchaytirish zarurligini koʻrsatib oʻtgan.
Qayd etilishicha, «Benfika» Mourinyu bilan 2027 yilning yozigacha moʻljallangan shartnomani uzaytirishdan manfaatdor boʻlib turibdi.
Maʼlumot uchun, 63 yoshli murabbiy 2010 yildan 2013 yilgacha ham «Real»ni boshqargan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist