locale OZ

Joze Mourinyu prezident saylovlaridan soʻng «Real Madrid»ga qaytishi mumkin

Hozirda muzokaralar yakuniy bosqichga oʻtgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Joze Mourinyu prezident saylovlaridan soʻng «Real Madrid»ga qaytishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyu «qaymoqranglilar»ning amaldagi rahbari Florentino Peres tomonidan eʼlon qilingan prezident saylovlaridan soʻng yana Madridning «Real» klubiga qaytishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Jurnalistning ma’lumotiga ko‘ra, Ispaniya klubi va portugaliyalik mutaxassis o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga o‘tgan. Shu bilan birga, mutaxassisning tayinlanishi uchun Florentino Peresning roziligi talab etiladi va bu qaror katta ehtimol bilan saylovlardan so‘ng e’lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyu 2010 yildan 2013 yilga qadar «Real»ni boshqargan. Mutaxassis madridliklar bilan Ispaniya chempionligi, mamlakat Kubogi va Superkubogida zafar quchgan. Hozirda jamoani Alvaro Arbeloa boshqarib bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting