locale OZ

Joze Mourino: U juda qiziqarli futbolchi

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourino Madrid klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Joze Mourino: U juda qiziqarli futbolchi
photo: gettyimages

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourino Madrid klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men ushbu jahon chempionatida uni diqqat bilan kuzatib boryapman. U juda qiziqarli futbolchi, o‘yin taqdirini bir o‘zi hal qila oladiganlar sirasidandir. Eng muhimi, u hali ham o‘rganishga tayyor, menga esa shuning o‘zi kifoya. U mendan ko‘p narsani o‘rganishini bilaman. Vinisiusda hozirgidanda yaxshiroq bo‘lish uchun hamma narsa bor. Mening vazifam shunchaki unga ushbu darajaga erishishda yordam berishdan iborat», — dedi Mourino «Beast Mode On» podkastida.

Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatining guruh bosqichida Vinisius o‘z terma jamoasining barcha uchta o‘yinida ham uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. Uning hisobida turnirning ortda qolgan bahslarida jami to‘rtta gol mavjud.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting