Jordan Henderson — \"Brentford\" futbolchisi
Photo: Getty Images
Jordan Henderson Angliya Premer-ligasiga qaytmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 35 yoshli yarim himoyachi "Brentford" bilan kelishuvga erishdi. Angliyalik futbolchi London klubi bilan 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan bitim imzolaydi.
Futbolchi avvalroq "Ayaks" bilan shartnomasini o‘zaro kelishuv asosida bekor qilgandi. Uni "Sunderland" bilan kelishuvga erishishi mumkinligi ham xabar qilingandi.
Henderson o‘tgan mavsumda Eredevezida 28 ta bahsda maydonga tushib, 1 gol va 4 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Bahrom Bobonov
Redaktor